19:03 / 09.05.2016
20086

Olimlar inson nega zararli yeguliklar iste'mol qilishini aniqlashdi

Zerikish – bu zararli yeguliklar, jumladan, chipslar yoki fastfud tanovul qilishning eng asosiy sabablaridan biri. Bu haqida britaniyalik olimlar yuzlab ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tajriba natijalariga asoslanib, ma'lum qilishdi. 

Shunday qilib, 52 nafar ko‘ngilliga zerikishni his etuvchi sharoit yaratib berishdi. Ular shundan so‘ng, oziq-ovqat haqidagi fikrlarini bildirishdi. Zerikishni boshdan o‘tkazgan tadqiqot ishtirokchilari ko‘proq zararli mahsulotlarni tanlashgan. 

45 nafar ko‘ngillidan tashkil topgan ikkinchi guruhga kulgili yoki zerikarli video namoyish etishdi. Tomosha vaqtida ularni foydali yoki zararli yeguliklar bilan mehmon qilishdi. Bundan tashqari, taomlar rolik tomosha qilishdan avval va keyin tortildi. Zerikarli videoni tomosha qilgan kishilar ko‘proq zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdi. Olimlarning qayd etishicha, zerikish holati miyani rag‘batlantiruvchi va qoniqish hissini chaqiruvchi  dofaminning past darajasi bilan bog‘liqdir. Zararli yeguliklarni iste'mol qilish – mazkur garmon darajasini oshirishga urinishdir.

 

Top