23:30 / 09.05.2016
38263

Toshkentda san'atkorlar ishtirokidagi “Mening Toshkentim” aksiyasi o‘tkazildi

8 may kuni Toshkentda “Moy Tashkent” (“Mening Toshkentim”) myuziklining premerasi oldidan estrada xonandalari va aktyorlari ishtirokida aksiya o‘tkazildi. Ishtirokchilar ikki qavatli avtobuslarda (Double decker) shahrimizning eng mashhur maskanlariga tashrif buyurishdi. Poytaxt bo‘ylab sayohat chog‘ida “Shahidlar xotirasi” majmuasi, “Minor” va “Hazrati Imom” masjidlari ziyorat qilindi.

Ziyoratdan so‘ng, “Gulsaroy” turar-joy majmuasining ochiq maydonida kichik shou-tadbiri tashkil etildi.

“Toshkent bo‘ylab yulduzlar fleshmobi”da Ozodbek Nazarbekov, Mansur Toshmatov, Muhammadiso Abdulhairov, “VIA Sharq” guruhi, Fotima Rejametova kabi ko‘plab san'atkorlar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening Toshkentim” - bu yangi turdagi musiqali shou bo‘lib, jonli ijro imkoniyatlari, yorqin dekoratsiyalar, aktyorlik mahorati va mualliflik yondoshuvini targ‘ib etishga qaratilgan.

Top