09:03 / 09.05.2016
5064

WSJ: Rossiya va Eron Saudiya Arabistonining Osiyo bozoridagi yetakchiligiga rahna solmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyoga bosh neft yetkazib beruvchi maqomini yo‘qotmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

1995 yildan beri Saudiya Arabistoni neft vaziri lavozimini egallab kelgan Ali al-Naimiyning bu lavozimdan bo‘shatilishidan keyin Saudiya Arabistonining Rossiya va Eron kabi davlatlar raqobati uning Xitoy, Yaponiya va Hindistonga neftni muvaffaqiyatli ekport qilishiga rahna solmoqda.  

Xitoy Saudiya Arabistonidan mamlakat uchun zarur neftning katta qismini oladi. Biroq Rossiyadan Xitoyga neft eksporti bir yil ichida 10,6 foizga ko‘paydi. Rossiyaning geografik joylashuvi uni Osiyo neft bozorida raqobatbardoshroq qiladi. 

Rossiya shu bilan birga boshqa davlatlarni neft bitimlarini tuzishda alohida imkoniyatlar bilan jalb qilmoqda. Misol uchun, "Gazprom" xitoylik xaridorlarga Rossiya neftiga dollarda emas, yuanda haq to‘lashga ruxsat bergan.

Saudiya Arabistoni Yaponiyadagi neft bozoridagi ulushini ham yo‘qotmoqda, uning bu yerdagi ulushi 2015 yil mart oyidan beri deyarli 4 foizga kamaygan. Rossiyaning ulushi esa 1 foizga oshgan.

Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bu raqobatni Hindistondandagi vaziyat ham keskinlashtirmoqda, bu davlatda neftga talabning oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga bu raqobatga Eron ham qo‘shildi. Eron Osiyo neft bozoriga katta qiziqish bildirmoqda, uning faolligi boshqa davlatlarning Osiyo neft bozorlaridagi ulushini katta miqdorda kamaytirishi mumkin.

Top