00:25 / 10.05.2016
7086

Angliya futbol maydonlariga 2000 yilda tug‘ilgan ilk futbolchi tushdi

16 yoshli futbolchi Angliya chempionatlarida maydonga tushgan 2000 yilda tug‘ilgan birinchi futbolchi bo‘ldi 

Angliya 3-divizionining 46-turidagi «Beri» – «Sautend» uchrashuvida mehmonlar safida 16 yoshli hujumchi Kallum Staylz maydonga tushdi.

Staylz maydonga tushgan vaqtda yoshi 16 yilu 41 kunni tashkil qildi.

Shu tariqa futbolchi Angliya professional ligalarida maydonga tushgan 2000 yilda tug‘ilgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Top