16:21 / 10.05.2016
3765

FT: Britaniya moliya vaziri fikricha, Brexit biznes uchun falokatdir

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osbornning bayonot berishicha, mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi tufayli Londondagi «yuz minglab ish o‘rinlari yo‘q bo‘lishi mumkin», deb yozmoqda mamlakatda chop etiladigan Financial Times gazetasi. 

G‘aznachilik tomonidan o‘tkazilgan yangi tahlillarga tayangan Osbornning  ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu holat, birinchi navbatda, moliya sohasiga ta'sir etadi. Ushbu sohadagi 285 ming ish o‘rni Yevropadagi biznes bilan bog‘liq. 

«Britaniyaning YeIdan chiqishi biznes, investitsiyalar, ish o‘rinlari va daromadlar uchun haqiqiy fojyea bo‘ladi. Ayrimlarning fikricha, bizning iqtisodiyotimizni vayron bo‘lishi ittifoqdan chiqish uchun to‘lanadigan haqdir, ammo men bu fikrga umuman qo‘shila olmayman», — deb bayonot bergan moliya vaziri.

Bundan avval, London shahri meri Sodiqxon, Britaniyaning YeIdan chiqishi London uchun fojyeali oqibatlarga olib kelishi xususida bayonot berib, shahardagi yarim million ish o‘rni Yevropa mamlakatlariga bog‘liqligini bildirgan edi.

Top