01:00 / 10.05.2016
11370

“Korzinka” 9 may kuniga bag‘ishlab urush va mehnat faxriylariga 1500dan ortiq sovg‘alar tarqatdi

"Korzinka" savdo do‘koni bugungi bayram arafasida urush va mehnat faxriylariga 1500dan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar savdo markazi bayram arafasida qanday chegirma yoki aksiyalar tashkil etishni rejalashtirgani to‘g‘risida savollar qoldirishgan edi. "Korzinka" rahbari Zafar Hoshimov quyidagi savollarga o‘z fikrini yozib qoldirdi:

"Bizning feysbukdgi sahifamizga juda ko‘plab savollar keldi. Menga xat yozishdi. Bir necha guruhlarda “Korzinka” 9 mayga bag‘ishlab qanday aksiya va chegirmalar o‘tkazishi haqida savollar yo‘llashdi. Ayniqsa, yoshlarning kassa qarshisida “9 may uchun chegirma bormi?” deb so‘rashi juda qiziq eshitildi.

Men barcha savollarga quyidagicha javob beraman: Birinchidan, bizning do‘konlarimizda chegirma doim mavjud. Ikkinchidan, bugungi bayramda hayriya maqsadlariga qaratilgan barcha qo‘shimcha mablag‘larni biz shunday osuda va tinch zamonda yashashimiz uchun qahramonlik va qurbonlik ko‘rsatgan insonlarga chuqur minnatdorchilik bildirish hamda yordam ko‘rsatishga sarflashga qaror qildik. Shunday qilib, biz bugun urush va mehnat faxriylariga 1500dan ortiq oziq-ovqat sovg‘alarini tarqatdik.

Top