11:42 / 10.05.2016
3310

Uzoq Sharqda bir kunda 11 ming gektar o‘rmon yonib ketdi

Uzoq Sharqning uch hududida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Bir sutka davomida 11 gektar o‘rmon yonib ketgan. Bu haqda Uzoq Sharq federal okrugi bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Interfaks" xabariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Uzoq Sharqda 28ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi. Okrugda bir kunda 66ta yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘ldi. 

Xabarga ko‘ra, Amur viloyatiga eng ko‘p ziyon yetgan. Bu yerda 9,5 ming gektar o‘rmon hududida 42ta yong‘in sodir bo‘lgan. Shuningdek, Xabarovsk, Primor o‘lkasi, Magadan viloyati, Saxa respublikasida (Yoqutiston) ham yong‘inlar yuzaga kelgan. 

Yong‘inlarni bartaraf etish uchun bir kunda 1197 kishi, 219ta texnika va 12ta uchish qurilmalari jalb etildi. Asosiy kuchlar vaziyat hamon qaltisligicha qolayotgan Amur viloyatiga yo‘naltirildi. 

“Seshanba tongiga qadar 31ta yong‘in bartaraf etildi. 35 yong‘in hamon davom etmoqda – 25 tasi Amur viloyatida, 8 tasi Xabarovsk o‘lkasida, 2 tasi Magadan viloyatida”, deya aniqlik kiritiladi xabarda. 

2016 yilning yong‘in xatari darajasi yuqori bo‘lgan mavsumida Uzoq Sharqda 116 ming gektar o‘rmon hududlarida 579ta yong‘in kelib chiqdi. O‘tgan yilning shu davrida esa okrugda 119 ming gektar maydonda 492ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan.

Top