12:28 / 11.05.2016
7450

12 may ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-15, kunduzi 26-28 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo  viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

 Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Top