06:52 / 11.05.2016
2556

AQShda noma'lum kimsa savdo markazidagi odamlarga pichoq bilan hujum qildi

10 mayda AQShning Massachusets shtatidagi Tonton shahrida (Boston 64 km uzoqlikda) noma'lum kimsa Silver City Galleria savdo markazidagi odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda shtat politsiyasi boshqarmasi ma'lum qildi.   

Politsiya boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, "xizmat majburiyatini bajarmayotgan politsiyachi bosqinchini yaralagan".

Voqea mahalliy vaqt bilan 19:00 larda sodir bo‘lgan. Politsiya hozircha ma'lumotlar aniqmasligini va "bosqinchi avval ikki kishini uylari yonida, yana ikki kishini savdo markazida yaralaganini" ma'lum qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi do‘konlardan birining eshigiga kelib urilgan va u shaharda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.

Top