15:54 / 11.05.2016
9302

«Arsenal» «Borussiya» M futbolchisi Granit Jaka uchun 27,5 million yevro taklif qildi 

Menxengladbaxning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi, kelib chiqishiga ko‘ra alban bo‘lgan Granit Jaka Londonning «Arsenal» klubi safiga o‘tishga yaqin turibdi. 

Sport Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, 23 yoshli Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi ingliz klubi bilan allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishib bo‘lgan. 

«Arsenal»ning dastlabki taklifi 27,5 million yevroni tashkil qilmoqda. Hozircha «Borussiya» futbolchini ushlab qolish ilinjida harakat qilmoqda.

Top