16:47 / 11.05.2016
14256

Bu yerlarda yoz ifori kezmaydi

Farrer orollari haqida ko‘pchilik eshitgan, ammo bu yerdagi hayot, odamlarning turmush tarzi haqida hamma ham bilavermasa kerak. Orolda hayot bir maromda davom etmoqda. Fotosuratchi-entuziast Kevin Feyngnart bizga Shimoliy Yevropaning eng chetida joylashgan bu hudud hayoti haqida o‘z suratlari orqali hikoya qiladi.

Ma'lumot uchun: Farrer orollari Atlantika okeanining shimoliy qismida, Shotlandiya va Islandiya oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. U 18 ta yirik orollardan iborat, aholisi soni 48 ming kishi.

Boroy orolidagi Nordepil qishlog‘i.

Farrer orolidagi Klaksvike aholi turar-joyida yashovchi mashhur rassom va sayohatchi Trontur Petursson.

Fuglo orolidagi Chircha qishlog‘ida qurilgan cherkov. Qishloqda 9 kishi yashaydi.

Ternuvik qishlog‘ida yashovchi Xans Xeynesen cherkovda xizmat ko‘rsatadi.

Farrer orollaridagi eng ko‘p aholi yashaydigan Streymoyye arxipelagidagi qora rangli uy.

Birinchi mahalliy lug‘at muallifi Joan Xendrik Torsxavne orollari poytaxtida joylashgan uyi derazasidan okeanga qaramoqda. Orollardagi asosiy til – farrer tili hisoblanadi.

Orol janubida joylashgan Sandavoavura shahrida yashovchi Simuk Yakobsen trombonda kuy chalmoqda.

Voar orolidagi Gasadalur qishlog‘i manzarasi. Bu yerda 16 kishi istiqomat qiladi.

Voar orolidagi yashovchi kishi usti xashak bilan qoplangan uyi tomida.

Nikolay Flak 268 kishi yashaydigan Nouls orolida.

Nouls oroli odamlari tomonidan yasalgan qush o‘yinchog‘i.

Kay va Kristin Yoxannessenlar kompyuter o‘yinlari bilan band. Ular Estur orolida yashashadi va yigitlarning bor-yo‘g‘i 14 nafar qo‘shnisi bor.

Farrer orollaridagilar yasagan pichoq. Ulardan kit ovi vaqtida foydalaniladi.

22 kishi hayot kechiruvchi yashaydigan Svuyna qishlog‘ida yashovchi Simun Xanssen.

Farrer orollari tasvirlangan kartina.

Nes qishlog‘ilik bolalar.

Qorli tog‘lar bilan qoplangan Funningur qishlog‘ida 35 kishi yashaydi.

Top