09:02 / 11.05.2016
4097

Rossiyada xodimlarning telefon suhbatlarini nazorat qiluvchi tizim ishlab chiqildi

Natalya Kasperskayaning InfoWatch kompaniyasi ish beruvchilarga xodimlarning telefon suhbatlarini nazorat qilish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqdi. Bu haqda Kommersant' nashri xabar berdi. 

InfoWatch taklif etgan yechim xodimlarning mobil telefon orqali suhbatlarini tutib oladi. Biroq suhbat mazmunini mashina yechadi, bu esa, Natalya Kasperskayaning fikriga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining aloqa maxfiyligi konstitutsion huquqlariga zid kelmaydi. 

Kasperskayaning so‘zlari bo‘yicha, “buyurtmachilarga tanlov rejimi asosida faqat korporativ sim-kartalarnigina nazorat qiluvchi moslama taklif etiladi”.

InfoWatch rahbari ma'lum qilishicha, xodimlarning boshqa sim-kartalar orqali suhbatlari, yoki tashrif buyuruvchilar va mijozlarning sim-kartalaridan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar “moslama tomonidan chetlab o‘tiladi va uyali aloqa standart baza stansiyalariga yo‘naltiriladi”. 

Nashr xabariga ko‘ra, InfoWatch tegishli organlardan, qolaversa, Roskomnadzordan, kompaniyaning ishlanmasi mumkin bo‘lmagan ma'lumotlarni olish vositasi emasligi to‘g‘risida ruxsatnoma olish niyatida.

Top