16:56 / 11.05.2016
2642

Hindistonda kamida 50 kishi iflos suvdan zaharlandi

Hindiston janubidagi Rajastxon shtatida kamida 50 nafar kishi ifloslangan suvdan zaharlangan. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

Noxush hodisa shtat poytaxti hisoblangan Jaypur shahrida sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ushbu hududga tibbiyot xodimlari guruhi yuborildi. 

Shtat sog‘liqni saqlash departamenti vakili so‘zlariga ko‘ra, 41 kishiga o‘sha joyning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolganlarni shifoxonalarga yuborishga to‘g‘ri kelgan. 

Hukumat vakillari mahalliy suvdan namuna oldi va laboratoriya tekshiruviga yubordi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, turur-joy binolari suvni tozalash filtr tizimi bilan jihozlanmagan, shuning uchun aholi quduqdan suv iste'mol qilgan.

Top