15:19 / 11.05.2016
2774

Konte «Chelsi» Kostani «Atletiko»ga pullab, o‘rniga Iguainni xarid qilishini istamoqda

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Diyego Kosta Ispaniyaning «Atletiko» klubiga qaytishni istamoqda. Bu haqda Sport Witness nashri xabar berdi

Manba xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasining 27 yoshli hujumchisi Angliyaga moslasha olmayapti. Uning ingliz tilida gapirishi ham yetarlicha miqdorda yaxshi deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari Kostaning muxlislar va OAV bilan munosabati u qadar yaxshi emas. 

Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage o‘zining As nashridagi kolonkasida «Chelsi» yangi bosh murabbiy Antonio Konte taklifi bilan Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib olish bo‘yicha harakatlarni boshlab yuborgan. 

Transfer londonliklarga 48 million yevroga tushishi mumkin. Ammo oldinroq neapolliklar rahbari Aurelio De Laurentis Iguainni faqatgina uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli, ya'ni 94 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

«Chelsi» Diyego Kostani «Atletiko»ga 30 million yevro evaziga sotishni va o‘rniga Iguainni olib kelishni mo‘ljallab turibdi.

Top