09:52 / 11.05.2016
4411

Pentagon sobiq rahbari Putin bilan muzokaralar olib borish muhimligini bildirdi

Pentagonning sobiq rahbari Chak Heygel AQShning kelgusi prezidentini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishga chaqirdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deb xabar beradi TASS. 

“AQShning navbatdagi prezidenti uchun kun tartibidagi eng muhim vazifalardan biri, mening fikrimcha, Vladimir Putin bilan uchrashuv, u bilan muzokaralar stoliga o‘tirish zarurati bo‘lishi lozim. Ikki yotakchi o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilmagunga qadar bizning va xalqaro manfaatlarga katta ziyon yetaveradi. Biz Yaqin Sharq, Suriyada kuzatayotgan vositachilik urushlari davom etaveradi, bu nima oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olmayman”, - ma'lum qildi u. 

Sobiq rahbar ikki siyosatchi barcha masalalarni birgalikda tartibga keltirishlari lozimligini qo‘shimcha qildi.

Top