17:00 / 11.05.2016
2523

Raneri va Aguero APLda aprel oyining eng yaxshilari bo‘lishdi

Angliya premer-ligasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi ma'lum bo‘ldi. Bu premer-liga rasmiy saytida e'lon qilingan

Unga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi deb «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Serxio Aguero topilgan. Argentinalik futbolchi aprelda maydonga tushgan 5ta uchrashuvida 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan, jumladan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda (3:0) xet-trek qayd etgandi. 

Eng yaxshi murabbiy nomi esa Klaudio Raneriga nasib qildi. Italiyalik mutaxassis boshchiligida «Lester» uchta quruq seriyali g‘alaba va bitta durang natija qayd etdi. 

Qayd etib o‘tish joiz, bu Aguero to‘rtinchi shunday yutuq sanaladi (APL tarixida uchinchi ko‘rsatkich), Raneri uchun esa ushbu mavsumda uchinchi sovrin bo‘ldi (u noyabr va martda eng yaxshi bo‘lgan).

Top