10:29 / 11.05.2016
2540

«Vest Hem» Lakazett uchun «Lion»ga 30 mln yevro taklif qildi 

Angliyaning «Vest Hem» klubi prezidenti Devid Sallivan jamoaning yangi mavsumdagi transfer rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz allaqachon bir futbolchiga 30 million yevro taklif bilan chiqqanmiz va yana boshqa futbolchilarni ham sotib olish uchun harakat qilamiz. 

Shu haftada APLning yana bir futbolchisiga 20-25 million funtlik taklif bilan chiqamiz. Biz top darajadagi hujumchi sotib olishni o‘zimizga maqsad qilib olganmiz», – deya qayd etib o‘tdi Sallivan. 

Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, «Vest Hem»ning 30 millionlik taklifi «Lion» hujumchisi Aleksandr Lakazett uchun berilgan. Shuningdek jamoa Italiyaning «Yuventus» klubi argentinalik yarimhimoyachisi Roberto Pereyra uchun ham taklif jo‘natgan.

Top