10:31 / 12.05.2016
7393

Fransiyalik 19 yoshli qiz Periscope dasturidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z joniga qasd qildi

Fransiyada 19 yoshli qiz Periscope dasturidagi jonli efir vaqtida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqida Reuters xabar beradi.

Hodisa 10 may kuni kechki soat 5ga yaqin Parijdan 40 km masofada joylashgan Igli temir yo‘l bekatida sodir bo‘ldi. Shu vaqtda 1997 yilda tug‘ilgan qiz SMS orqali yaqin do‘stlaridan biriga o‘z joniga qasd qilish niyatini oshkor qildi.

U Periscope orqali translyatsiyani ishga tushirgan va Arpajon shahridagi qariyalar uyida ishlashini, umidsizlik holatida ekanini ma'lum qilgan.

Tez orada qiz translyatsiyani o‘chirmasdan turib, o‘zini poyezd tagiga tashlaydi. Bu vaziyat aks etgan yozuv Periscope’dan o‘chirilgan, ammo uning bir nechta versiyalari YouTube’da saqlanib qolgan.

Ayni damda politsiya mazkur ish yuzasidan tergov jarayonini boshlab yubordi.

Top