20:33 / 12.05.2016
5714

Qo‘lbola og‘u tayyorlashga uringan jinoyatchi qonun oldida javob bermoqda

1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Jamshid Satimbayevning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) na oilasi, na bir tayinli ishi bor. U hayoti davomida bir emas, naq yetti marta sudlanishga ulgurdi. Oxirgi marta u 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, JPKning 388-modasi tartibida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan edi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan, u suddan bo‘yin tovlab yashiringanligi sababli, unga dastlabki tergov davomida qo‘llanilgan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi “qamoqqa olish” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilib, qidiruv e'lon qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatmasiga asosan, 2015 yil 4 dekabr kuni soat 10.00 da qidiruv tadbiriga jalb qilingan IIV xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 2015 yil 14 oktabr kunidagi ajrimiga asosan, J.Satimbayevga qidiruv e'lon qilinib, u suddan bo‘yin tovlab, Yunusobod tumani 7 mavzedagi uyda vaqtincha yashagan holda yashirinib kelayotganligi aniqlandi. U istiqomad qilib kelayotgan uy ko‘zdan kechirilgan vaqtda Jamshidning qonunga xilof ravishda, xonaki sharoitda qo‘lbola usulda “mak” urug‘i, “Ammiak”, “Rastvoritel”, “Uksus” suyuqliklari, “Aspirin”, “Dimedrol”, “Sanad” nomli dorilarga suv qo‘shib, ushbu aralashmani oq tog‘orachaga solib, tabiiy gazda qaynatib olib, piyolaga solingan tibbiy paxtasiga shimdirib olgan holda, maxsus giyohvandlik moddasi-opiy eritmasini tayyorlab olganligi aniqlandi. 

IIV EKMning sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra J.Satimbayevdan olingan va tadqiqot uchun taqdim qilingan 20 ml hajmdagi ikki dona shpritslardagi umumiy hajmi 44 ml bo‘lgan suyuqlik tarkibida narkotik alkoloidlar-kodein, tebain mavjud bo‘lib, ular oddiy eritmasiga kirishi aniqlandi. Xajmi 20 ml bir dona bo‘sh holdagi ishlatilgan shpritsda giyohvandlik moddasi – tebain va difenilgidrom (dimedrol) vositasi izlari aniqlandi. 
Jamshid bu qilmishi uchun qonun oldida javob berishga majbur.

Top