15:16 / 12.05.2016
9995

Oqbosh qirg‘iy baliqchini ovidan mahrum etdi

Kanadaning Meypl ko‘lida g‘aroyib hodisa ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Mashable. Unga ko‘ra, Oqbosh qirg‘iy baliqchining tutgan ovini o‘g‘irlab ketgan. 

Gap shundaki, Meypl ko‘li yaqinida butun okrugga dong‘i ketgan oqbosh qirg‘iy yashaydi. Nashrning ogohlantirishicha, u qarmoqqa ilingan baliqni mohirona olib qochishi bilan mashhur. 

Daily Mail’ning yozishicha, vahshiy qush yashin tezligida parvoz eta oladi. Hodisa videolavhasi internetda e'lon qilingan. Qirg‘iy o‘rmondan kutilmaganda uchib kelib, baliqni tutgan va g‘oyib bo‘lgan.

Top