11:44 / 12.05.2016
6024

Pentagon RF HKKning xalqaro havo kengliklarida harakatlanish huquqini tan oldi

Pentagon Rossiya harbiy kosmik kuchlarining xalqaro havo kengliklarida harakatlanishga haqli ekanini tan olish borabarida, ularni xalqaro xavfsizlik me'yorlariga rioya etishga chaqiradi, deb xabar qilmoqda "Interfaks" agentligi Amerika mudofaa ma'muriyati matbuot xizmati vakilasi Mishel Baldantsaga asoslangan holda.

"Rossiya harbiylari xalqaro havo kengliklarida manyovrlar qilishga haqli, ammo ular xavfsizlikni ta'minlash va noxush hodisalarning oldini olish bo‘yicha xalqaro xavfsizlik me'yorlariga rioya qilishlari lozim", degan Baldantsa. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya HKK samolyotlari tomonidan Amerika samolyotlarini ushlanishi ba'zi holatlarni e'tiborga olmaganda, professional va xavfsiz tarzda amalga oshirilgan. 

"Ikki tomon aviatsiyasining Yevropadagi faollashuvi tufayli Amerika samolyotlarining ushlanishi ko‘paygani barobarida aksincha rus harbiy samolyotlarini ushlashga oid hodisalar ham ko‘payib bormoqda. Ammo ularning aksariyati xavfsiz va malakali tarzda amalga oshirilgan. Bir necha holatlargina AQShning xavotiriga sabab bo‘ldi", deb qayd etgan Pentagon vakilasi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bunday xavfli va malakasiz harakatlar havo kemalarining barcha ekipajlariga jiddiy talofat yetkazishi mumkin".

9 may kuni AQSh harbiy havo kuchlari strategik razvedka samolyoti RC-135W Rossiya qiruvchisi Su-27 tomonidan Kaliningrad oblasti yaqinida quvib ushlangan edi. 
"62-4131 bort raqamli  va JUICE48 nomli RC-135W samolyoti Boltiq dengizining janubiy qismida maydon hosil qilayotgan vaqtda, Flanker (Su-27) qiruvchisi tomonidan ushlandi", deb xabar qilgan edi yangiliklar saytlari. Bunda Amerika ayg‘oqchi samolyoti "transponderini yoqib qo‘ygan"i va radarlarga ko‘ringani ta'kidlanmoqda. 

Xabar qilinishicha, ayni havo kemasi o‘tgan seshanba kuni ham Buyuk Britaniyadagi aviabazadan uchib, Kaliningrad oblastiga yaqinlashgan. 

Shunday qilib, Amerika ayg‘oqchisi so‘nggi 4 hafta mobaynida Rossiyaning Boltiq dengizidagi chegaralariga 4 marta yaqinlashgan. 

Davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi rahbari, Qora dengiz floti sobiq qo‘mondoni admiral Vladimir Komoyedovning "Interfaks"ga bergan bayonotiga ko‘ra, AQSh razvedka aviatsiyasining Kaliningrad hududida faollashuvi, NATOning Boltiq dengizidagi harbiy mashg‘ulotlari bilan izohlanadi.

Top