09:26 / 12.05.2016
2870

«Sanderlend» «Everton»ni yengib, APLda qolish masalasini hal qildi

11 may oqshomida APLning 30-turidan qoldirilgan uchrashuvda Sem Ellardays boshqaruvidagi «Sanderlend» jamoasi «Everton»ni qabul qildi. Mavsum davomida turnir jadvalining quyi o‘rinlaridan ko‘tarila olmagan va ligada jon saqlab qolish uchun kurashgan jamoa minimal vazifani uddaladi va chempionshipga tushib ketmaydigan bo‘ldi.

Liverpulliklarga qarshi o‘yinda Patrik van Anxoltning bitta va Lamin Konening dubli evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozongan mezbonlar oxirgi tur arafasida ligada qolish masalasini hal qilishdi.

APL, 30-turning qoldirilgan o‘yini
«Sanderlend» — «Everton» 3:0
Gollar: 1:0 – 38 van Anxolt, 2:0 – 42 Kone, 3:0 – 55 Kone. 
Sanderlend – Mannone, Kone, Kirxgoff (Larsson, 70), van Anxolt, Kabul, Mvila, Kettermoul (O′Shi, 79), Xazri (Uotmor, 86), Yyedlin, Defo, Borini.
Everton – Robles, Pennington, Beyns, Stounz, Funes Mori, Barkli (Lennon, 46), Berri, Kleverli (Osman, 84), Makkarti, Miralyas, Lukaku.
Ogohlantirish: Kettermoul (67).

Top