17:38 / 12.05.2016
4956

Shanxaydagi ko‘chalardan biridagi o‘tish qismiga zebra surati chizildi

Shanxay shahridagi ko‘chalardan birining yo‘lovchilar o‘tish qismiga politsiyachilar haqiqiy zebra suratini chizishdi. Bu haqda Mashable xabar tarqatgan.

Nashrning yozishicha, shu tariqa "zebra" deb ham ataladigan yo‘lakda haqiqatdan ham "zebra" paydo bo‘ldi.

"Yo‘llarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash haqida gap ketayotgan ekan, ba'zida shunday yo‘l bilan e'tiborni shu masalaga qaratish mumkin", deb qayd etiladi nashrda.

Bu surat "mahorat bilan chizilgan ijod namunasi" sifatida baholangan.

Bu yo‘lak 200 ming kishi istiqomat qiladigan tumanda barpo etilgan. Mashable nashrining qayd etishicha, Xitoyda piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari tez-tez kuzatilib turadi, ayniqsa aholi zich yashaydigan Shanxay va Pekin shaharlarida.

Top