23:38 / 12.05.2016
8469

Yuqori tezlikdagi Hyperloop tizimi ilk bor sinovdan o‘tkazildi

Yuqori tezlikdagi Hyperloop vakumli poyezdlari bilan transportlar tarmog‘ida faol ishtirok etib kelayotgan Hyperloop One kompaniyasi yuqoridagi sifatga ega elektromagnitli aravani sinovdan o‘tkazdi. Taqdim etilgan prototip inson salomatligiga xavf tug‘dirmaydigan 2.5G tezlanishda harakatlandi, uning tezligi 168 km/soatni tashkil etdi. Albatta, bu soatiga 700 mil (1000 km/soatdan ko‘proq) deb va'da qilingan ko‘rsatkich emas, biroq sinovdagi arava loyiha sharoitlariga mos kelmaydigan ochiq yerda harakatlandi. 

Mazkur tajribadan ko‘zlangan maqsad, rejadagi chiziqli dvigatelning samaradorligi va loyihaning umumiy ish qobiliyatini ko‘rsatish bo‘ldi. Natijada, elektr stansiyasi aravani 1.1 soat ichida 100 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda harakatlantirib yubordi. Joriy yilning so‘ngiga qadar kompaniya yo‘lovchi kapsulalarining prototiplari bilan to‘liq hajmdagi sinov muassasalarida quvur bo‘ylab harakatlanuvchi tajribani amalga oshiradi. Unga ko‘ra, vakuumli sharoitlarda belgilangan tezlikka erishish maqsad qilingan.

Mavzuga oid
Top