14:56 / 13.05.2016
5037

Yangi Xiaomi ekshn-kamera bilan 2 soat davomida 4K hajmdagi videolarni suratga olish imkoni mavjud

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi (3840×2160 piksel) hajmdagi videoroliklarni suratga oluvchi Yi 4K Action Camera 2 kamerani rasmiy tarzda e'lon qildi. 

Bu formatda kadr chastotasi 30 k/s.ni tashkil etadi. Bundan tashqari,  qurilma 120 kadr/sekund tezlikda 1920x1080 pikselli, 240 kadr/sekund tezlikda esa 1280×720 pikselli tasvirlar oladi. Barcha hujjatlar f/2.8 diafragma va 155° ko‘rish burchagiga ega Sony IMX377 12 megapikselli sensor orqali tasvirga olinadi. Suratni tahrirlash ishlari bilan o‘zining yuqori sifat va energiya samaradorligiga ega ikki yadroli Ambarella A9SE75 chipseti shug‘ullanadi.

Qurilmaga o‘rnatilgan 1400 mAch sig‘imli akkumulyator ikki soatli 4K videolarni tasvirga olishga chidab bera oladi. 2.19 dyuymli displey mustahkam Gorilla Glass oynasi bilan himoyalangan bo‘lib, 640×360 pikselli va 160°ko‘rish burchagiga ega. 

Shuningdek, Bluetooth 4.0, ikki diapazonli Wi-Fi, micro-USB va microHDMI ham mavjud. Xiaomi Yi 4K Action Camera 2 iyundan boshlab 300 dollar hisobida sotuvga chiqadi. Qurilma beshta rangli ko‘rinishlarda, jumladan, tilla va pushti-tilla ranglarda bo‘ladi. 


 

 

Top