16:00 / 13.05.2016
7074

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi 7 oydan buyon maosh olmayapti

Ole nashri xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasining bosh murabbiyi Xerardo Martino og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi 7 oydan buyon Martinoga maosh to‘lamay kelmoqda. Murabbiyning o‘zi ham ESPN nashriga bergan intervyusida bu ma'lumotni inkor etmagan. 

Shu boradagi savolga u shunday javob  bergan: «Men bu bo‘yicha hech narsa demoqchi emasman».

Martino 2014 yilda «albiseleste»boshqaruviga kelgandi. Bungacha u Paragvay terma jamoasida, shuningdek, «Nyuells Old Boyz» hamda «Barselona» jamoalarida ishlagan.

Mavzuga oid
Top