23:44 / 13.05.2016
7574

Braziliya prezidenti AQShning “elchixona axborotchisi” bo‘lgan

Vaqtinchalik Braziliya prezidenti vazifasini o‘tayotgan Mishel Temer AQSh milliy xavfsizlik kengashi va amerika harbiylariga siyosiy xabarlarni yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan, deb xabar beradi WikiLeaks.

«Braziliyaning yangi prezidenti Temer AQSh razvedkasi va amerika harbiylari uchun elchixona axborotchisi vazifasini bajargan», — deyiladi portalning rasmiy tvitteridagi xabarda.

Xususan, qayd etilishicha, Temer AQSh hukumati vakillarining kelajakdagi prezidentlik saylovlari va partiyalardagi vaziyatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etgan.

Top