15:02 / 13.05.2016
3679

Braziliya prezidenti lavozimini bajaruvchi Mishel Temer yangi hukumatni shakllantirdi

Braziliya prezidenti Dilma Russeff o‘z lavozimini impichment sababli vaqtinchalik tark etgandan keyin uni lavozimini bajaruvchi Mishel Temer yangi hukumatni shakllantirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Vazirlarning o‘z lavozimlariga kirishishlari marosimi mamlakat prezidenti qarorgohi –  Planaltu saroyida bo‘lib o‘tdi.

Temer milliy iqtisodiyotni tiklashga va'da berdi va yangi vazirlar mahkamasini milliy qutqarish hukumati bo‘lishga chaqirdi. 

Avvalroq Mishel Temer yangi lavozimini bajarishga rasman kirishgani ma'lum qilingandi.

Top