10:31 / 13.05.2016
3756

David Alaba «Barselona»ga o‘tishi mumkin 

Avstriya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi David Alaba Kataloniyaning «Barselona» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 

Goal.com internet nashri bergan xabarga ko‘ra, avstriyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga borib qo‘shilishga qarshi emas. Biroq buning uchun futbolchi chap qanotda emas, balki markazda o‘ynashi kerak bo‘ladi. 

Joriy mavsumda Gvardiola Alabadan aynan markaziy chiziqda foydalandi. David yarimhimoyada o‘ynashni davom ettirish istagida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda futbolchi «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgandi.

Top