10:46 / 13.05.2016
7443

Instagramda noma'lum shaxsning iPhone 7 smartfoni orqali olingan selfisi paydo bo‘ldi

Instagramdagi shaxsi noma'lum foydalanuvchi stevlocker laqabi ostida tarmoqqa yangi iPhone 7 smartfoni orqali suratga olingan liftdagi selfini joyladi, deb xabar beradi 9to5Mac.

No'malum shaxs qo‘lida ushlab turgan apparatning orqa panelida gorizontal antenna vstavkalari mavjud emas. Mish-mishlarga qaraganda, yangi iPhone aynan mana shu imkoniyatga ega bo‘lishi kerak. 

Nashrning qayd etishicha, mazkur surat muallifi Apple Music bo‘linmasining fransiyalik xodimi Stiven Hyuon bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, suratdagi apparatda faqat bitta kamera joylashgan. Lekin taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma ikkita kameraga ega bo‘ladi. 

Suratga yozilgan izohlarda foydalanuvchilar bu bor-yo‘g‘i iPhone 6s grafik muharrirligi ostida o‘zgartirilgan yolg‘on xabar ekanligini qayd etishmoqda.

Top