22:36 / 13.05.2016
4116

«Milan» darvozaboni Abbyati futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi

«Milan» jamoasining tajribali darvozaboni Kristian Abbyati futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi.

14 may kuni «Roma»ga qarshi bahs uning futbolchi sifatidagi oxirgi o‘yini bo‘ladi.

Abbyati futbolchilik faoliyatining asosiy qismini «Milan» safida o‘tkazdi, u jamoa safida ilk uchrashuvini 1999 yilning yanvarida amalga oshirgandi.

U o‘z vaqtida «Yuventus», «Torino» va «Atletiko» jamoalari darvozalarini qo‘riqlagan.

Darvozabon «Milan» tarkibida 3 marta mamlakat chempioni bo‘lgan, 1 marta Italiya Kubogini, 2 marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan va jamoa bilan YeChL hamda Yevropa Superkubogi finallarida zafar quchgan.

Top