09:36 / 13.05.2016
2730

Mitsubishi’ning bosh idorasida tintuvlar o‘tkazilmoqda

Yaponiya davlat yerlari, infratuzilmalar, transport va turizm vazirligi xodimlari  Minato tumanida joylashgan Mitsubishi Motors kompaniyasi bosh idorasida tintuv ishlarini olib bormoqda deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, konsern ayrim modellarining yoqilg‘i sarfiga oid raqamlarni qasddan qalbakilashtirgani bilan bog‘liq mojarolar tintuvlarga sabab bo‘lgan. 

12 may kuni Yaponiyaning yana bir yirik avtokompaniyasi Nissan Mitsubishi Motors’ning 34 foizlik nazorat aksiyalar paketini xarid qilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Top