09:45 / 13.05.2016
3064

«Real» Xames Rodrigesni sotmoqchi emas

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni sotish niyatida emasligini bildirgan. 

Madridliklar prezidenti Florentino Peres 24 yoshli kolumbiyalik futbolchining agentiga Xames sotilmasligini bildirgan. 

Oldinroq, Xamesga «Yuventus», «Arsenal» va Manchesterning ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatilgandi. 

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, Xames yozda yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa va jarohatlardan forig‘ bo‘lsa, kelgusi mavsumda yuqoriroq darajada o‘yinlarga ishtirok etadi.

Top