15:55 / 13.05.2016
81829

Shohrux reper nega avval farzandli bo‘lib, keyin uylanganiga izoh berdi

Kuni-kecha Shohrux reperning uylangani haqida ma'lumot berilgan edi. Yodingizda bo‘lsa Shohrux yaqinda o‘g‘il farzandi tug‘ilganida uning suratlarini instagramdagi sahifasi orqali joylashtirgach, muxlislar Shohruxning sirli ravishda uylanganligiga amin bo‘lgandi. Kecha xonandaning to‘y suratlari internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, muxlislar Shohruxning avval farzandli bo‘lib, keyin uylanganligidan hayratlandi.

Bunga javoban esa xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi suratni joylashtirib, uning ostiga quyidagicha  izoh qoldirdi: 
“2,5  yil avval qonuniy nikoh va "zags"dan o‘tib, kichkina bayram qilib oila qurganman. Shu yillar sharoit bo‘lmagani uchun to‘y marosim o‘tkazmadim. Kecha yaqinlar uchun to‘y o‘tkazdik. Ortiqcha gap so‘zlarga hojat yo‘q”.

Top