10:57 / 13.05.2016
4343

Reuters: "Hizballoh" qo‘mondoni Isroil havo zarbasi oqibatida o‘ldirildi

Livanning shia oqimidagi "Hizballoh" guruhi jangovar qanoti yetakchilaridan biri Mustafa Badriddin Isroil harbiy havo kuchlari zarbasi natijasida halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi guruh bayonotiga asoslangan holda. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari chorshanbaga o‘tar kechasi Suriya-Livan chegarasi hududiga zarba bergan. 

2011 yili BMTning Livan bo‘yicha maxsus tribunali Badriddinni 2005 yili Livan bosh vaziri Rafiq Haririyni o‘ldirishda gumon qilgan va uni hibsga olish uchun buyruq bergan edi.

Top