21:29 / 13.05.2016
6366

Senegallik ayol FIFAning bosh kotibi bo‘ldi

Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) bosh kotibi lavozimini birinchi marta ayol kishi egalladi. Tashkilot prezidenti Janni Infantino kongress yig‘ilishida Senegal vakili Fatma Samurani FIFAning yangi bosh kotibi sifatida tanishtirgan.

"Biz FIFAni ikki asosiy qismga ajratishni istaymiz: futbol va ma'muriyat. Birinchi qism futbolga sport turi sifatida qarab uning rivojlanishi masalalari bilan shug‘ullanadi. Ma'muriyat esa tashkilotning moliyaviy masalalari bilan shug‘ullandi", degan FIFA prezidenti tashkilotdagi islohotlar rejasi haqida gapirib.

"Men shuningdek bugun sizlarga yangi bosh kotibimiz, senegallik Fatma Samurani tanishtirmoqchiman. U menda shu vaqtgacha uchratgan kishilarim orasida barchadan ham ko‘ra ajoyibroq taassurotlar qoldirgan", deya qo‘shimcha qilgan Infantino.

Shu tariqa, Samura xonim FIFA tarixidagi ilk ayol bosh kotibga aylandi.

Shu vaqtgacha Markus Kattner FIFA bosh kotibi sifatida vaqtinchalik  faoliyat yuritib kelgandi. U o‘tgan yil oxirida futboldagi faoliyatdan 12 yilga chetlashtirilgan Jyerom Valkening o‘rnini egallagandi.

Top