17:59 / 13.05.2016
7813

Suriyami yoki video o‘yin: Internetda Rossiya elchixonasi tvitlari muhokama etilmoqda

Har holda, ruslar Twitter’dagi o‘yinini yangi bosqichga olib chiqqanga o‘xshaydi. 

Ma'lumki, Rossiya mudofaa vaziri 11 may kuni matbuot anjumani o‘tkazib, Suriyadagi Halab shahrining terrorchilar nazoratidagi hududiga bir nechta yuk mashinalarida xlorli qo‘lbola o‘q-dorilar olib kelingani haqida ma'lum qilgan edi. 

12 may kuni esa, Rossiyaning Londondagi elchixonasi Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida quyidagichi tvit qilgan:

Aytish joizki, suratni aniq ko‘rolmayotgan bo‘lsangiz, ular haqiqiy Halabdagi haqiqiy kimyoviy qurol ortilgan haqiqiy yuk mashinalari emas. 


Bu "Command & Conquer" video o‘yini ekranidan olingan suratdir. 

Balki xolisroq bo‘lish niyatidadir, har xolda elchixona skrin-shotga izoh qoldirishni unutmagan: "Suratni illyustratsiya maqsadida qo‘llanilgan".


Shundan so‘ng, elchixona vakillari o‘z ijodlaridan ilhomlanib, Twitter olamiga ekstremistlarning "haqiqiy" suratlarini  joylashgan.

CNN telekanalining xabar qilishicha, ular elchixonaga gap nimadaligini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilishganida hech kim javob bermagan. 

Aftidan, elchixonaning Twitter’ida qandaydir qiziq jarayonlar yuz berayotgan ko‘rinadi. 

12 may kuni ertalab Rossiya elchixonasi "Dead Snow" o‘yinidan olingan skrin-shotni tvit qilishga ulgurgandi.

Top