08:43 / 13.05.2016
46538

Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida Shohrux reperning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi 

12 may kuni 2 yoshli farzandning otasi Shohruh reper Zlata bilan turmush qurdi.

O‘zbek estradasida rep yo‘nalishida kuylovchi xonanda Shohrux o‘zining nikoh oqshomini Toshkent shahridagi muhtasham “Yakkasaroy” to‘yxonasida nishonladi. To‘yga tashrif buyurgan estrada vakillari yoshlarni ushbu kecha bilan tabriklab, tarmoqlarga turli fotosuratlarni joylay boshlashdi. Bu esa foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi. Sababi, u o‘zining instagramdagi sahifasiga Zlata va o‘g‘lining suratlarini tez-tez joylashtirgani uchun barcha Shohruxni allaqachon oila qurib, farzandli bo‘lgan deb hisoblar edi.

Ma'lum bo‘lishicha, Shohrux va Zlata qonunan nikohdan o‘tishgan, to‘ylarini esa hali nishonlashmagan. Xalima Ibragimovaning muxlislarni qiynagan savollarga javoban aytishicha, nikoh bazmi shu bugun o‘tkazildi va "Shohrux o‘g‘lining onasiga uylandi".

Shohrux va Zlataning 2 yoshli Islom ismli o‘g‘li bor.

Top