15:38 / 13.05.2016
3865

Vardi APL talqini bo‘yicha yil futbolchisi deb topildi

Angliya premer-ligasi «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Sky Sports tvitteri xabar tarqatdi. 

29 yoshli hujumchi joriy yilda APL doirasidagi 35 uchrashuvda 24 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Oldinroq Vardi britaniyalik jurnalistlar tomonidan APLning yaxshisi deb topilgandi. 

Professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, u jamoadoshi Riyoz Mahrezdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagandi.

Top