14:44 / 13.05.2016
4612

Zlatan Ibrahimovich: «PSJ»ga qirol bo‘lib kelgandim, afsona bo‘lib ketyapman»

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoasini tark etayotganini ma'lum qildi. 

«Ertaga «Park de Prens»dagi oxirgi uchrashuvim. Men xuddi qirollardek kelgandim va afsonalardek ketmoqdaman», – deya instagramdagi shaxsiy sahifasida yozib qoldirgan Ibrahimovich. 

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya terma jamoasining 34 yoshli futbolchisi bilan tuzilgan shartnoma joriy mavsum yakuniga yetadi. 

Ibrahimovich parijliklar safida o‘tkazgan to‘rt mavsumi davomida 11 sovrinni, jumladan 4 karra mamlakat chempionligi, uch karra chempionatning eng yaxshi futbolchisi unvonlarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga ham aylandi. 

Oldinroq, Ibrahimovichning «Los-Anjyeles Gelaksi» safiga o‘tishi haqida xabar tarqalgandi.

Top