15:31 / 14.05.2016
7968

Yangi prezidentlar uchun birinchi raqamli bort

AQSh prezidentlarining yangi samolyoti Boeing 747 bo‘lishi kutilmoqda. Pentagon samolyotni ishlab chiqishga buyurtma berdi, "Birinchi raqamli bort" 2024 yilda parvoz qilishi mo‘ljallangan. 

Amerikada yangi prezident saylovlariga tayyorgarlik ketayotgan bir paytda AQSh harbiy havo kuchlari (HHK) yangi prezidentni dunyo bo‘ylab olib yuradigan "Birinchi raqamli bort"(Air Force One) samolyotini ishlab chiqishga kirishib ketishdi.  

AQShda asosiy bortlarni almashtirish tez-tez ro‘y beradigan hodisa emas, bu samolyotlar aniq bir prezidentga moslab qurilmaydi. Bugungi kunda Barak Obamaga Boeing 747-200B modifikatsiyali ikkita samolyot xizmat ko‘rsatmoqda.  

2015 yilning yanvarida Boeing 747-8 yangi prezidentlik samolyoti bo‘lishi to‘g‘risida ma'lum qilingan edi. 

Agar samolyotni yig‘ish reja bo‘yicha ketsa, AQShning bo‘lajak prezidentlaridan biri 2024 yilda undan xizmat safarlarida foydalanadi. Samolyot 30 yilcha xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilmoqda.

Ikki samolyot ham mamlakatning birinchi raqamli kishisi xavfsizligi va qulayligini ta'minlash maqsadida so‘nggi texnologiyaga binoan jihozlangan. Samolyotlarning umumiy qiymati oshkor etilmadi. Oq uyning rasmiy saytida joylashtirilgan hujjatlarga ko‘ra, bugungi kunda prezident foydalanayotgan samolyotlar kuchli elektromagnit zarblarga chidamli elektronika bilan boyitilgan. 

2010 yilda HHK hisobotiga asosan ikki Boeing 747-8 samolyoti ham tezkor uchishga 56 foiz tayyor bo‘lishi mumkin, hozirgi Boeing 747-200 esa 28 foiz.

Top