FIFA Mexikoda o‘tgan kongressda Gibraltar futbol federatsiyasini o‘z safiga qo‘shdi.
Uning qo‘shilishiga 172, qarshi taraflar esa 12 ovoz berdi. Shunga muvofiq Gibraltar FIFAning 221-a'zosiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Gibraltar UYeFA a'zosi hisoblanadi va Yevro-2016 saralash bahslarida ishtirok etgan.