23:17 / 14.05.2016
15707

Qabristondagi to‘polonni migratsiya xizmatidan yashiringanlar uyushtirgan

Moskvaning Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuvni markaziy osiyolik noqonuniy muhojirlar uyushtirganlar. Ular yaqin oradagi qurilishlardan qabristonga o‘tib, u yerda Federal migratsiya xizmati reydidan yashirinishgan, deb xabar bermoqda "Ritual" unitar korxonasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

"14 may tushlik vaqtida Xovan qabristoniga yaqin oradagi qurilishlardan biridan muhojirlar kirib borgan. Qabriston qo‘riqchilari ularni ichkariga kiritmay, tashqariga chiqarib yuborayotganlarida, muhojirlar qarshilik ko‘rsatgan, oqibatda bir qo‘riqchi jarohat olgan. Shundan keyin politsiya naryadi chaqirtirilgan", deyilmoqda xabarda. 

Xabarda aytilishicha, noqonuniy muhojirlar migratsiya xizmati reydlaridan qochib, ko‘pincha qabristonga yashirinib oladilar. Ular bu holatda jamoatchilik tartibini buzadilar va qabristonga kelganlarga nisbatan o‘zlarini tajovuzkorona tutadilar. 

Avvalroq Moskva sog‘liqni saqlash departamentida janjal vaqtida 3 kishi halok bo‘lgani, 23 kishi shifoxonalarga yetazilgani ma'lum qilingandi. Jarohatlanganlardan 4 nafarining ahvoli juda og‘ir deya baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top