08:10 / 14.05.2016
7043

Moskva viloyatida o‘quvchi qiz jismoniy tarbiya darsida vafot etdi

Moskva viloyatidagi Krasnogorsk shahrida yurak xurujidan aziyat chekuvchi 8-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsida vafot etdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.  
"Qiz avval dispanserizatsiyadan o‘tgan edi, bu jarayon davomida unga tashxis qo‘yilgan va uchinchi guruh sog‘lomligi (davolashga ehtiyoj sezuvchi bemorlar) belgilangandi", deb aytildi xabarda. O‘quvchi qizga jismoniy tarbiya darslarida kuchli zo‘riqish qarshi ko‘rsatilgan bo‘lgan.

Moskva viloyati bosh tergov boshqarmasi vakili Olga Vradiy agentlikka qizning o‘limi bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma'lum qildi. U, shuningdek, qiz boshqa o‘quvchilar bilan birga stadion bo‘ylab bir necha davra yugurib, to‘p o‘ynagandan keyin mazasi qochganini ma'lum qildi.

Tez tibbiy yordam mashinalari chaqiruvdan keyin 16 daqiqa ichida yetib kelishgan. Bundan tashqari, maktabda feldsher navbatchilik qilgan. Ularning sa'y-harakatlariga qaramasdan, qizni jonlantirishning iloji bo‘lmagan.

Tergovchilar maktab xodimlarini so‘roq qilganlar, aniqlanishicha, xodimlardan birortasi qizning kasalidan xabardor bo‘lmagan. Shu bilan birga qizning onasi farzandida kasallik mavjudligini tasdiqladi.

O‘qituvchilarning aytishicha, qiz serharakatchan, o‘z sinfi hayotida faol ishtirok etuvchi o‘quvchi bo‘lgan.

Top