16:35 / 14.05.2016
14280

“Paxtakor”da  ayni paytdagi eng qimmat futbolchilar reytingi e'lon qilindi

transfermarkt.de sayti tomonidan narxlar asosida Toshkentdagi “Paxtakor” jamoasining eng qimmat futbolchilari reytingi ma'lum qilindi.

1. Igor Sergeyev – 1,8 mln.yevro


Nafaqat “Paxtakor”ning, balki O‘zbekiston chempionatining ham eng qimmatbaho o‘zbekistonlik futbolchisi Sergeyev bo‘lib, narxi oxirgi 1 yil ichida 6 barobarga o‘sgan. 

2. Jamshid Iskanderov – 500 ming yevro


Jamshid Iskanderov jamoaning eng qimmat futbolchilaridan bo‘lib turibdi. Transfermarket 22 yoshli yarim himoyachini yarim “limon”ga baholadi.

3. Vladimir Kozak – 450 ming yevro


16 yoshidayoq “Paxtakor”da debyut qilgan Kozak ayni paytda 23 yoshda bo‘lsa ham, ancha tajribaga ega bo‘lib, hozircha jamoaning uchinchi qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turibdi.

4. Stanislav Andreyev – 400 ming yevro


Terma jamoa muxlislari  “suyukli”sining narxi 400 ming yevroni tashkil etmoqda.

5. Davronbek Xoshimov – 350 ming yevro


23 yoshli himoyachi Davronbek Xoshimov ham 350 ming yevroga baholangan.

6. Kamoliddin Tojiyev – 350 ming yevro


“Sherlar” sardori,  “Paxtakor” tarkibidagi eng tajribali, 33 yoshli faxriy futbolchi hisoblanadigan Kamoliddin Tojiyev uchun 350 ming yevrolik narx qo‘yilgan.

7. Javohir Sohibov – 300 ming yevro


21 yoshli yarim himoyachi sayt tomonidan 300 ming yevroga baholangan.

Top