11:00 / 14.05.2016
3690

Pentagon: Belgiya HHK IShID jangarilariga zarba berishni boshlaydi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Kashter Belgiya harbiy havo kuchlari IShIDning Suriyadagi manzillariga zarba berish bo‘yicha koalitsiyaga qo‘shilgani haqida ma'lum qilmoqda. 

"Men Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel va mudofaa vaziri Steven Vandepyutga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular Belgiya aviatsiyasi xalqaro aksilterror koalitsiyaning havo kampaniyasi doirasida IShID jangarilarining Suriyadagi hududlariga zarba berishi haqida bayonot berishgan edi", deyiladi Pentagon matbuot xizmati tarqatgan axborotnomada. 

Pentagon yetakchisi Belgiyani "koalitsiyaning muhim a'zosi", deb atar ekan, uning fikricha havo zarbasi berish amaliyotiga qo‘shilish to‘g‘risidagi qaror "aksilterror kampaniyaning muhim lahzalarida qabul qilingan". 

Karterning qayd etishicha, Bryussel havo kuchlarining F-16 (F-16) qiruvchi samolyotlari Suriya arab respublikasidagi jangarilarga zarba beradi. 
Iroq va Suriyadagi terroristik tashkilotlarga qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan xalqaro koalitsiya AQSh yetakchiligida 2014 yil yozida tashkil etilgan. Rasman 60ga yaqin davlat ushbu harbiy birlashmada qatnashishga roziligini bildirgan.

Top