18:55 / 14.05.2016
6213

Rolls Royce politsiya ta'qibidan qutilish chog‘ida yonib ketdi

2016 yilda ishlab chiqilgan Rolls Royce mashinasi Saudiya Arabistoni politsiyasi ta'qibidan qochayotgan chog‘ida yonishi oqibatida jiddiy talofat ko‘rgan, deb xabar qilmoqda emirates247.com sayti. 

Arab tilida chop etiladigan Sabq gazetasining yozishicha, Rolls Royce haydovchisi poytaxt Ar-Riyod politsiyasining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan. 

Haydovchining buyruqni bajarmaganini ko‘rgan politsiya patrul mashinasi Rolls Royce mashinasini, u alangalanib to‘xtagunicha, poytaxt ko‘chalari bo‘ylab quvishni boshlagan. 

Politsiya mahkamasining bildirishicha, patrul xodimlari haydovchini gumon qilishgach, mashinani ta'qib qilishgan, deb  yozgan gazeta voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan.

Top