12:09 / 14.05.2016
14188

Tailandda ichida hayvonlar ichki a'zolari bo‘lgan charm mahsulotlar sotila boshlandi

Ogilvy&Mather reklama kompaniyasi va PETA notijorat tashkilotining Osiyodagi vakolatxonasi hyvonlarni himoya qilishga qaratilgan antiqa aksiya o‘tkazishdi. Aktsiya Bangkokning eng yirik gipermarketlaridan birida o‘tkazildi. Bu yerda faollar charmdan ishlangan kiyim-kechak, sumka va turli buyumlar sotiladigan soxta do‘kon ochishdi, deb xabar bermoqda Bored Panda.

Bir qarashda butik peshoynalarida oddiy charm buyumlar taxlab qo‘yilgandek. Biroq buyumlarning ichida karaxt holga soluvchi "syurpriz" bor: barcha kurtkalar, sumkalar va kartmonlar ichi hayvonlarning qalbaki, biroq haqiqiysiga juda o‘xshash ichki a'zolari bilan to‘ldirilgan. Misol uchun, buyumlardan birida urib turgan yurak bo‘lgan.   

Bundan bexabar xaridorlar buyum bilan yaqindan tanishish paytida bu soxta a'zolarni ko‘rib qo‘rqib ketib, sapchib tushganlar. Ogilvy&Mather va PETA bu aksiya bilan gap chiroy va uslubga kelganda, ko‘pchilik odamlar hayvonlarning azob-uqubatlariga ko‘z yumib yuborishlarini ko‘rsatishni istashgan.

 

 

insta

Top