12:22 / 15.05.2016
14279

Abduqahhor To‘xtaboyev Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston Bosh prokurorining 12 maydagi buyrug‘i bilan Abduqahhor To‘xtaboyev besh yil muddatga Navoiy viloyat prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida ma'lum qilindi.

1970 yilda tug‘ilgan Abduqahhor To‘xtaboyev 2015 yil fevralidan Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajarib kelayotgan edi, unga qadar esa, 2012 yildan buyon Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori lavozimida edi. 

To‘xtaboyev muqaddam Toshkent shahar prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Top