20:10 / 15.05.2016
11303

Euro 2016 turnirida porlashi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxati tuzildi

2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Fransiya mezbonligida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati arafasida France Football nashri turnirda yorqin o‘yinlar ko‘rsatishi kutilayotgan 50 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatda Rossiya terma jamoasining asosiy hujumchisi, "Zenit" vakili bo‘lgan Artyom Dzyuba nomi ham bor (26-o‘rin). Ayni vaqtda bu ro‘yxat to‘liq e'lon qilinmagan, muxlislar barcha futbolchilar nomi bilan 9 iyun kuniga qadar tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Nashrning qayd etishicha, Dzyuba Rossiya terma jamoasi boshqaruviga Leonid Slutskiy kelganidan keyin terma jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi va turnirga yo‘llanma qo‘lga kiritilishida muhim vazifalarni bajardi".

Dzyuba joriy mavsumda "Zenit" safida ichki chempionat o‘yinlarida 14ta, YeChL miqyosida esa 6ta gol urgan.

Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionatida V guruhida, Angliya, Uels va Slovakiya terma jamoalariga qarshi ishtirok etadi.

Top